Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {oshkor}
So‘z bo‘g‘inlari: osh-kor
Izoh(lar)i:
oshkor ys

1. sft. ft. Hammaga ma’lum, ko‘rinib turgan, ayon; ochiq-oydin. Oshkor ish. Oshkor ziddiyat. Oshkor muhabbat. Kasalni yashirsang, isitmasi osh-kor qiladi. Maqol
Rahimov qah-qah urib kulib yubordi. Uning kulgisini mikrofon hammaga oshkor qildi. S. Ahmad, Jimjitlik
Nechuk, yurak sirlarini oshkor etmoq unga juda zarur bo‘lib qolibdi? Mirmuhsin, Umid

2. rvsh. sh. Yashirmasdan, ro‘yirost; oshkora. Bu gal, el-yurt oldida oshkor, tortinmay uzoq; o‘pishdilar. Shuhrat, Shinelli yillar
Domla zaharli ekani oshkor sezilib turgan bu chuchmal kulgiga e’tibor qilmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.