Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yaroqsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: ya-roq-siz
Izoh(lar)i:
yaroqsiz sf

1. Biror talabga javob berolmaydigan, biror maqsadda ishlatib bo‘lmaydigan, biror narsaga yaramaydigan. Ishga yaroqsiz material. Ekishga yaroqsiz urug‘. Yaroqsiz asbob. Ko‘chat vaqtida ekilmasa, yaroqsiz bo‘lib qoladi. ▬ 300 kilogramm non, xom-xatala pishirilganligi uchun, yaroqsizga chiqarildi. Gazetadan

2. Biror ish bajarishga qurbsiz; layoqatsiz. A’zamning ishga yaroqsiz bo‘lib qolganini bilgan xo‘jayinlari allaqachon uning dumini tuggan. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Komissiya uni armiya xizmatiga yaroqsiz deb topdi. Sh. Rashidov, Qudratli to‘lqin

Antonim(lar)i: yaroqli
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: yarog‘siz – Qurolsiz, aslahasiz. Yarog‘siz odam.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.