Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {yana}
So‘z bo‘g‘inlari: ya-na
Izoh(lar)i:
yana ys

1. 1. Avval bo‘lgan ish-harakat, narsa-hodisaning takror yuz berishini, boshlanishi va davom etishini bildiradi; takror holda; qaytadan, tag‘in. Yomg‘ir yana yog‘a boshladi. Lektor., xatga qarab, jahl bilan yana bir marta O‘rtoqlar dedi-yu, leksiyani boshlab yubordi. A. Qahhor, Quyushqon
Usta Farfi uni yana bir qat ko‘zdan kechirib olgach, cho‘kkalashini buzib, chordana qurib oldi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Avaz do‘konda yana birpas kitob mutolaa qilib o‘tirdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Sentyabr tong otariga yaqin qoldi, yana sinflarda o‘quvchilarning shodon ovozi jaranglaydi. Gazetadan

2. 2. Bundan tashqari, buning ustiga. Yana bir savat non bor. Choyni iching, yana olib chiqaman. Oybek, Tanlangan asarlar
Masalaning yana bir nozik tomoni bor. Bo‘g‘oz sovliqni uzoq yotqizib bo‘lmaydi: bola tashlaydi. Gazetadan
O‘rtoq Baqoyev yana bir piyola choy so‘radi. A. Qahhor, Adabiyot muallimi
[Mirzakarimboy] Bir nafas o‘ylab, yana uch so‘mlik qog‘oz va bir so‘lkavoy qo‘shib, Yo‘lchiga tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. (odatda bir, biror so‘zi bilan birga) Ilgarigilardan boshqa; boshqa bir; yangi, boshqa. Yana bir masala chiqib qoldi. Ya na biror gap yo‘qmi? Xon maktubning yana bir joyida she’r bitgan edi: Men Samarqandni sensiz netayin P. Qodirov, Yulduzli tunlar
— Qarigan chog‘ida xo‘rozqand yalamay domla ham o‘lsin! — dedi yana biri. A. Qahhor, To‘yda aza

4. ayn. yn. Yanada. Shuning uchun qo‘rboshining boyagi shubhasi yana kuchaydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ashula nihoyasiga yetdi. Lekin bir zumdan keyin yana ayni tovush parvoz qildi. Ammo o‘zga maqomda, yana chuqurroq mavjlanishlar, jilvalar bilan, ko‘ngilni yana qattiqroq sehrlovchi ingichka titramalar va ranglar bilan Oybek, Tanlangan asarlar

5. yukl. kl. Ta’kid bildiradi; tag‘in. Yana sho‘xlik qilib yurmagin! E. Raimov, Ajab qishloq
Siz ham, eski muallimga o‘xshab, ketib qolmang yana! P. Tursun, O‘qituvchi
Sen supada o‘tir, o‘tkinchilar yana bir narsani ilib ketmasin! Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Maosh – oylik – moyana
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.