1. Buning ustiga, bundan tashqari, ustiga-ustak; yana,
Tag‘in bir-ikki kishi gapirib, yangi rahbardan mamnun ekanliklarini izhor etishdi.
N. Aminov, Suvarak
2. Takror marta; qaytadan, yana.
Bir payt burchakdan, oxur tomondan tag‘in shitirlash eshitildi. Sh.
Xolmirzayev. Yo‘llar, yo‘l-doshlar
3. Ta’kid, hadiksirash kabi ma’nolarni bildiradi.
Tag‘in Toshkentdek azim shaharda tannoz qizlardan birontasiga ko‘n-gil berib qo‘ygan bo‘lmasin, degan vahima bosdi.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi