Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xunob}
So‘z bo‘g‘inlari: xu-nob
Izoh(lar)i:
xunob sf

1. Toqati toq; diqqat, bo‘g‘ilgan, tajang. Ikki haftadan beri suv ololmay [mo‘ysafid] xunob ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
[Anvar:] Mayli. Men ham tezroq qaytishim kerak. Alimardon ham xunob bo‘lib o‘tirgandir. O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi

2. ko‘chma hma Qiyin, og‘ir, mushkul, sermashaqqat, serdiqqat. Xunob vazifa. ▬ Olamda zargarlikdek xunob ish bo‘lmas derdim, bularniki yana sermashaqqat ekan. Oybek, Navoiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tajang [a], diqqat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ranjimoq – diqqat bo‘lmoq – xunob bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.