Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {diqqat}
So‘z bo‘g‘inlari: diq-qat
Izoh(lar)i:
diqqat ot

1. 1. Fikr, fikr-u zikr, fikr-yod. O‘zini unutib, barcha diqqati hujra ichiga oqqan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Sidiqjon bolaga qarab, u-bu deb turgan bo‘lsa ham, ko‘zi va butun diqqati Sharofatda edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Nazar-e’tibor, iltifot; sinchkovlik. Diniy va milliy ruhning tarbiyasiga alohida e’tibor va diqqat lozim. Oybek, Nur qidirib
[Kumush] Sochlari orasidagi chigillarni diqqat bilan tarab, jom yoniga o‘tirdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
To‘lqinjon Hurining so‘zlarini zo‘r diqqat bilan tingladi. F. Musajonov, Huri
Yo‘lchi o‘roqqa diqqat bilan tikilib qaradi va enkayib o‘ra boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. sft. ft. Uzluksiz e’tibor talab etadigan, yurakni siqib yuboradigan, og‘ir, mashaqqatli. Diqqat ish.

4. 4. Zeriktiradigan, zerikarli, maroqsiz. Diqqat gap.

5. kesim vzf. zf. Bo‘g‘ilgan, yuragi siqilgan; xafa. O‘zi diqqat, xunob, lekin tez-tez xayolga ketardi. Oybek, Nur qidirib
Avaz diqqat. Xiva tomonga qarayverib, ko‘zi teshilay dedi. Otasidan mujda yo‘q. S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xunob [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. diqqat bo‘lmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

2. diqqati oshmoq: bo‘g‘ilmoq, siqilmoq; zerikmoq.

1. Ranjimoq – diqqat bo‘lmoq – xunob bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.