1. Kayfi buzuq, jahdi (asabi) qo‘zigan holatli. Yuzlari lo‘ppigina, ser-g‘ayrat, tajang xotinga qarab turib, Nusratbek onasini esladi. S. Nurov, Narvon
2. Bekorga jahli chiqaveradigan, jig‘ibiyron bo‘laveradigan; jahli, achchig‘i tez. Aka-uka usta qo‘lida uch yil ishlashdi — tezroq va tajang Abutolib uch yil deganda usta Najmiddin Buxoriyning roziligini olmay, o‘z hovlisida xumdon qurib, koshin-u idish yasay boshladi. Mirmuhsin, Me’mor
3. Shunday belgi-xususiyatga ega bo‘lgan shaxs ismiga qo‘shib aytiladigan (ishlatiladigan) so‘z, laqab. Nurilla Narvoniy bir ichak uzdi qilish uchun eshigiga Hasratxon deb yozilgan nimqorong‘i xonaga Eshpo‘lat tajangni olib kiribdi. Mushtum
1. Asabiy – tajang – jizzaki Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)