Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {xalq}
So‘z bo‘g‘inlari: xalq
Izoh(lar)i:
xalq [xalq ]

1. Odamlar. Xalqqa xizmat — oliy himmat. Maqol

2. Tarixiy birlikning turli shakllari; qabila, elat, millat. O‘zbek xalqi Navoiy, Bobur, Lutfiy kabi buyuk donishmand shoirlarning asarlarini o‘qigan. Shukrullo, Saylanma

3. Muayyan joy aholisi. O‘zbekiston xalqi. Qishloq xalqi. Shahar xalqi.Filippin orollarida yashovchi xalqlarning eng sevimli noyob taomi mitti baliqlardir. K. Mahmudov, Qiziqarli pazandalik

4. Biror joyga to‘plangan odamlar; xaloyiq, olomon. Tovushga qo‘yishda xalq bir og‘izdan qo‘l ko‘taradi, orqasidan bir necha daqiqagacha olqish davom etadi. A. Qodiriy, Kichik asarlar

5. Kasb, mashg‘ulot, toifa yoki jinsni bildiruvchi so‘zlar bilan kelib, o‘sha kasb, mashg‘ulot, toifa yoki jinsga mansub kishilar guruhini bildiradi. Shoir xalqi.Polvon xalqi yengilgan raqibini belidan olib, ko‘tarib qo‘yadi. S. Ahmad, Ufq

6. Umum (aholi, odamlar) ga aloqadorlikni, umum tomonidan e’tirof etilganlikni ifodalovchi so‘z sifatida ba’zi muassasalar, lavozim va unvonlar nomlari tarkibida qo‘llanadi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Umumxalq tilima’lum bir xalqning so‘zlashuv tili, uzoq vaqt davomida shakllanadi. Bir tilga mansub barcha sheva va lahja umumxalq tilini tashkil qiladi. O‘zbek umumxalq tili uch lahjadan tashkil topgan. Umumxalq tili milliy til ham deyiladi.

Xalqaro til(jahon tili)Dunyoda qo‘llanish doirasi juda keng, boshqa til egasi ham foydalanadigan til. Hozir rasmiy tan olingan 6 ta xalqaro til mavjud: ingliz, ispan, rus, xitoy, arab va fransuz tili. Ko‘p qo‘llanadigani ingliz tili.

Turli davrda turli til xalqaro vazifani o‘tagan. O‘rta asrda Sharqda arab tili, Yevropada esa lotin, undan keyingi davrda fransuz tili katta ahamiyatga ega bo‘lgan. XX asrda ingliz va nemis tili xalqaro tildarajasiga ko‘tarildi. Xalqaro tilshu til amal qiluvchi davlatning xalqaro maydondagi nufuzi bilan belgilanadi. BMT tashkil topishi bilan rasmiy xalqaro til masalasi hal bo‘ldi. 1945- yil rasmiy xalqaro til sifatida ingliz, fransuz, rus, ispan, xitoy tili belgilandi. 1973- yildan arab tili ham jahon tili sifatida tan olindi.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. El – ulus – elat – xalq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

2. El – ulus – elat – xalq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor ifodalashiga ko‘ra)

3. Xalq – xaloyiq – el – ulus – mardum
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.