Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ulus}
So‘z bo‘g‘inlari: u-lus
Izoh(lar)i:
ulus [u-lus ]

1. 1-12-asrlarda mo‘g‘ullar davlatida ma’lum bir no‘yonga (mo‘g‘ul asilzodasiga) qarashli yerlarda unga tobe holda ko‘chmanchilik bilan hayot kechiruvchi katta-kichik oilalar, urug‘lar guruhi

2. Mo‘g‘ullar istilosi davrida bosib olingan hududlardan Chingizxon farzandlariga bo‘lib berilgan mulklar, keyincha-lik mustaqil davlatlarning nomi. Chig‘atoy ulusi. Jo‘ji ulusi. Gazetadan

3. El, xalq, xaloyiq; odamlar. Navoiy ona vatani, o‘z ulusi, o‘z tilini jondan sevar edi. A. Qayumov, She’riyat sultoni

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: xalq [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. El – ulus – elat – xalq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

2. El – ulus – elat – xalq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor ifodalashiga ko‘ra)

3. Xalq – xaloyiq – el – ulus – mardum
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.