Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uzun}
So‘z bo‘g‘inlari: u-zun
Izoh(lar)i:
uzun sf

1. 1. Bo‘yiga, uzunasiga o‘lchami katta, me’yoridan ortiq. Uzun sim. Uzun soch. Uzun yog‘och. Adolat qalin va uzun kipriklarini yalt etib ko‘tarib, Normatga qaradi. I. Rahim, Chin muhabbat
Ilk ko‘klam yog‘dulari o‘quv korpusining uzun koridorlarini ravshanlashtirib yuborgan. P. Qodirov, Uch ildiz
Kuyov uzun va keng zarbof to‘n kiyib, katta sallasiga ko‘rkam oltin jig‘a qo‘ndirib, havoni titratgan karnaylar, surnaylar sadosi bilan o‘zinikiga ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Baland, novcha. Uzun terak. Hasan so‘fi uzun, nozik gavdasini cho‘zib, yerga yotdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Uzoq vaqt davom etadigan, cho‘ziladigan; tezda tugamaydigan; davomli, uzoq. Uzun ma’ruza. Uzun ertak. Qishning uzun tunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. P. Tursun, O‘qituvchi
Uning kichik, ko‘kishroq ko‘zlari uzun umrining tarixini jonli ifoda qilar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: kalta , qisqa
Sinonim(lar)i: novcha
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. qo‘li uzun: ortiq darajada imkoniyatga ega

2. tili uzun: har qancha gapirishga haqi bor

3. uzun kosov: Har qanday buyruqni bajaruvchi, zarar yetkazmaydigan

1. Uzun – o‘rta – qisqa
Ma’nosiga ko‘ra
(masofa miqdorining ko‘p yoki kamligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.