Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {kalta}
So‘z bo‘g‘inlari: kal-ta
Izoh(lar)i:
kalta sf

1. 1. Uzunlik o‘lchami kichik; qisqa. Simni kalta kesmoq. Kama shim. Kalta qalam. Kalta ip bog‘lovga yetmas. Maqol
Maston kalta, ammo yo‘g‘on ikki o‘rim sochini boshiga o‘radi-da oyog‘idagi ag‘darma etikni ko‘zdan kechirdi. A. Qahhor, Maston

2. 2. Uzunligi nisbatan kam, yetarli emas; qisqa. Uning ipak sallasi nozik qilib o‘ralgan, kalta yengli ipak abosi o‘ziga juda yopishib turadi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Arslon ham egasining buyrug‘ini kutayotganday, kalta dumini qimirlatib S. Anorboyev, Oqsoy

3. 3. Vaqt nuqtai nazaridan qisqa, tez tugaydigan, uzoq davom etmaydigan. Kalta kun. Soat ketidan soat o‘ta berdi. Kalta kuz kuni og‘di. S. Anorboyev, Oqsoy
Bu gaplashuv ham kaltagina savol-javobdan iborat bo‘ldi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz
Ingichka va yo‘g‘on, kalta va cho‘ziq tovushlar kekirdaklari uzilib ketmaydimi bu xo‘rozlarning? I. Rahim, Ixlos

Antonim(lar)i: uzun
Sinonim(lar)i: ko‘toh [f-t], qisqa
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. alifni kaltak deyolmaydi: g‘irt savodsiz, hech narsa bilmaydi

2. gapni kalta qilmoq: gapni cho‘zmaslik.

3. oqkaltak-qorakaltak bo‘lmoq: kim kim bilan to‘g‘ri kelgan narsa bilan qurollanib urishmoq; savalashmoq.

4. qo‘li kalta: cheklangan imkoniyatga ega

1. Urmoq – kaltaklamoq – do‘pposlamoq – savamoq – solmoq – tushirmoq – so‘qmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.