1. 1. Bo‘ylama o‘lchami, uzunligi uncha katta bo‘lmagan; kalta.
Qisqa yog‘och. Qisqa yubka. Qisqa yo‘l. Qisqa sochli ayol. Bo‘yi qisqa odam. Bo‘yni qisqa ot. Qisqa metrajli film. Yog‘ochni uzun, temirni qisqa kes.
Maqol
Ikki yo‘lovchining qisqa soyalari katta-kichik tosh, turli dasht o‘simliklari ustidan egilib borar edi.
A. Qahhor, Maston
Salimboyvachcha esa, katta yo‘lga qaraganda ancha qisqa, yolg‘izoyoq yo‘ldan o‘z bog‘iga ketdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
xushbichim burun tagida burovga kelmagan qunduz miyiq, iyakni juda ham chiroyli o‘rab olgan qora qisqa soqol.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. Davomliligi kichik, uzun emas; ixcham.
Qisqa jumla. Qisqa axborot.
▬
Umar Hayyomning qisqa, lekin sermazmun baytlariga singdirilgan hayot falsafasi buyuk, hayot va dunyodayin bepoyon.
Gazetadan
O‘qituvchi qisqa ifodada ko‘p fikr ayta bilish mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim.
R. Usmonov, Odobnoma
Yonimda xayol surib o‘tirgan bek: — Borganda bilasiz, domla, — deb qisqagina javob qilib qo‘ya qoldi.
H. Tulom, Mash’al
3. 3. Davomiyligi uzun bo‘lmagan (vaqt haqida); zid. uzun.
Qisqa muddat.
▬
Yoz kechasi qisqa. Yo‘lchi bir chimdim uxlab ko‘zini ocharkan, tong otgan edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Endigi muhim vazifa — o‘rim-yig‘imni g‘oyat qisqa fursatda uyushqoqlik bilan o‘tkazishdan iborat.
Gazetadan