1. 1. Rivojlanib, boshlang‘ich poya va bargchalar hosil qilmoq; nish holati yuz bermoq (ekilgan urug‘ haqida).
Oradan ko‘p vaqt o‘tmadi, yangi nav urug‘ unib chiqdi.
N. Safarov, Don
2. 2. O‘sib chiqmoq, o‘smoq.
Yakkam-dukkam ungan makkajo‘xori nihollari, parvarish nimaligini bilmay, qisilib yotibdi.
Mushtum
Sahrolar qo‘ynida chamanlar unib
Uyg‘un
3. 3. Yuzaga kelmoq, hosil bo‘lmoq, yetishmoq.
Qunt bilan o‘rgan hunar, Hunardan rizqing unar.
Maqol
Ter to‘kib mehnat qilsang, Yerdan hatto zar unar.
Maqol
Yer o‘tdimi, ular ham hozirdan bizga o‘tadi. Hammasi yerdan ungan narsalar
Sharq yulduzi
4. 4. Jismoniy yetuk holga kelmoq, ulg‘aymoq, yetilmoq.
Otni toychaligida ko‘rgan kishi, u ot bo‘lgach, ko‘rsa tanimaganidek, eshon ham o‘n yil ichida o‘sib, unib, tamom boshqa qiyofaga kirgan yigitni taniy olmadi.
P. Tursun, O‘qituvchi
5. 5. Qistash, talab qilish, ta’sir ko‘rsa-tish natijasida qo‘lga kirmoq (qarz, nasiya, ziyofat va shu kabilar haqida).
Qarz undi. Miroslav yutqizgan ziyofat unadigan bo‘libdi. H. Ahmar, Kim haq?
▬
Hammasini undiramiz. Qani, unmay ko‘rsin-chi!
P. Tursun, O‘qituvchi
6. 6. Yaxshi natija bermoq, unumli bo‘lmoq.
Shoshganning ishi unmas.
Maqol
Endi, xo‘jayin, ish unsin desangiz, oshni peshinga damlatasiz.
T. Alimov, Jonim hiqildog‘imga keldi