1. 1. Biror ish, iltimos, shart, talab va shu kabilarga rozi bo‘lmoq; xo‘p demoq, unamoq.
Maslahatga ko‘nmoq. Ganga ko‘nmoq. Shartga ko‘nmoq.
▬
Uni tashlab, bir tuya bilan ketishga tuyachilar ko‘nmadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
U qizining bunchalik tez ko‘nib, rozilik berganidan juda-juda xafa ko‘rinardi.
N. Fozilov, Diydor
Yigit ko‘nsa, ichkuyov qilaman, ko‘nmasa, qizimning baxtiga zomin bo‘lmayman.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
2. 2. Qanoat qilmoq, ko‘nikmoq.
Ozga ko‘nmoq. Boriga ko‘nmoq. Qiyinchiliklarga ko‘nmoq.
▬
Keyin, ish bilan ovora bo‘lib, ko‘nikib ketarman Odam bolasi nimalarga ko‘nmaydi?
P. Tursun, O‘qituvchi
Quloq solgin cho‘ponning nolishiga, Yigit ko‘nar, savdo tushsa boshiga.
Alpomish
3. 3. Yig‘i, xarxashadan to‘xtamoq; ovunmoq (yosh, go‘dak bolalar haqida).
Marhamat obdan yig‘ladi. Yuz-ko‘zlarini, sochini, muzdek oyoq-qo‘llarini silab ovutaman, qani ko‘nsa-chi.
S. Siyoyev, Avaz