Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {uch} - ma ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) {uch}
So‘z bo‘g‘inlari: uch-ma- uch
Izoh(lar)i:
uch [uch ]

1. Narsalarning ingichkalashgan, o‘tkir tomoni. Nayza uchi. Xanjar uchi. Qoziqning uchi. Ignaning uchi. Tikan zahri — uchida, dushman zahri — ichida Maqol

2. Yog‘och, ip, sim va boshqalar ensiz, uzun narsalarning tomonlaridan biri, bir tomon oxiri, boshi. Yana bir yigit darvozaga tirmashib chiqayotir, pastda ikkitasi bir-birining yelkasiga chiqib, uzun alvonning uchini unga uzatishga urinmoqda. Muxtor, Opa-singillar

3. Narsalarning o‘zi birikkan, o‘rnashgan joydan tashqari yo‘nalgan tomoni, oxiri. Akramjonni bir nav quchoqlagan bo‘ldim, juvonga esa qo‘limning uchini berdim. A. Qahhor, Ming bir jon

4. Chorburchak buyumlarning tomonlari tutashgan joyi, burchagi Polvon yelkasiga tashlab chiqqan qiyig‘ini oldi-da, ikki uchidan ushlab, bir-ikki aylantirdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. Narsalarning yuqori qismi, tepasi, boshi. Teraklar uchida o‘ynar qizil nur. G‘ayratiy

6. Biror narsaning boshlanish qismi, boshi. Nuri bu voqeaning uchini eshitgan hamon bezgakday qaltirab ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: oxiri , tag , ost
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.