1. 1. Yuqoridan, balanddan yoki biror narsa ustidan pastga tomon harakat qilmoq; yo‘nalmoq.
Yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, yo‘lda bittasi paydo bo‘lib qolsami?!
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Mashina shundoqqina Mengliboyning yoniga kelib to‘xtadi-yu, undan eshikni tarsillatib ochib, Hazratqul bilan Temurlang tushdi.
S. Ahmad, Yulduz
Sen baland tog‘ uzra erding misli ohu yoki qush, Yolvorib men pastda derdim: Bir nafas yonimga tush.
E. Vohidov, Muhabbat
2. 2. Chiqib joylashgan, o‘tirgan, bo‘lgan joyini tark etib, yerga inmoq.
Samolyotdan tushmoq. Aravadan tushmoq. Tomdan tushmoq. Avtobusdan tushmoq.
▬
Kechirasiz, qayerda tushmoqchilar?
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Vagondan eng keyin tushgan Ahmadjon: — Stroy [saf] bo‘lmasdan shunday ketaversak bo‘lmasmikan, — dedi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
3. 3. O‘z joyidan chiqmoq, ko‘chmoq; chiqib, ko‘chib joyidan ketmoq, yo‘q bo‘lmoq.
Sochi tushmoq. Ilonning po‘sti tushibdi. Molning tuyog‘i tushibdi.
▬
Buning ustiga uning [ Nafisaning] tishi tushgan — bu homilador vaqtida sodir bo‘lgan edi.
Mirmuhsin, Topilgan husn
[Yara] Usti qora qo‘tir bo‘lib qotadi, u tushib ketgandan so‘ng, yana teri asli, sog‘ holiga qaytadi.
Gazetadan
4. 4. Mansab, lavozim va shu kabilardan ketmoq, bo‘shamoq.
Men xizmatdan tushgandan so‘ng piyoda yurish yaxshi bo‘ladimi?
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
ikki haftadan so‘ng bo‘shashganicha qaytib keldi — Oq poshsho taxtdan tushgani bilan, oq amin aminligidan tushmapti, — dedi.
A. Qahhor, Asror bobo
Mana, mudirlikdan tushdi-yu, xiyla odamshavanda bo‘lib qoldi.
P. Tursun, O‘qituvchi
5. 5. Mavqe, daraja, qiymat va shu kabilar jihatdan darajasi pastlashmoq, bo‘shashmoq.
Shashtidan tushmoq. Hovuridan tushmoq. Qadri tushmoq. Ruhi tushmoq.
▬
Fakultetimiz institut bo‘yicha umumiy ro‘yxatda beshinchi o‘ringa tushib qolibdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Dunyo bozorida terilarimizning narxi tushmasa deyman.
S. Ahmad, Yulduz
6. 6. Quyi tomon yo‘nalmoq, quyi sathdan joy olmoq.
Shaharga tushmoq. Bozorga tushmoq. Yerga tushmoq.
▬
Ular majnuntollar orasidan o‘tib, soyga tushdilar.
O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Kampir javob bo‘lmaganidan hayron qoldi shekilli, zinalardan avaylab qadam bosib, hovliga tushdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
7. 7. Sathning biror tomoni, o‘rnidan joy olmoq, unda bo‘lmoq.
Yalpi shovqin bilan tortishmachoq boshlandi: qiz tomondan gumbazdek yum-yumaloq xotin belini belbog‘ bilan mahkam bog‘lab, o‘rtaga tushdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Eshqobil bunaqa davralarga ko‘p tushgan.
M. Hazratqulov, Jur’at
Shamsi To‘rayevich uning gaplariga quloq ham solmasdan, oldinga tushgancha lo‘mbillab ketaverdi.
N. Aminov, Suvarak
8. 8. Turli tomosha va boshqalar bo‘ladigan, ko‘riladigan joyga kirmoq.
Teatrga tushmoq. Sirkka tushmoq. Stadionga tushmoq.
▬
Ular faqat bir marta kinoga tushishdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
U hordiq oqshomi hammomga tushdi-yu, xodmigarlardan biriga haligi so‘rog‘ini berdi.
A. Qahhor, Asarlar
9. 9. Davolanish, axloq tuzatish va shu kabilar maskanga olinmoq, unda bo‘lmoq.
Qamoqqa (turmaga) tushmoq. Milisaga tushmoq.
▬
U faqat bir narsani — otasi kasal-xonaga tushganini onasiga bildirmaslikni o‘ylardi, xolos.
O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Ehtimol, ko‘p ichib qo‘yib, hushyorxonaga tushgandir.
Mushtum
10. 10. Quyi tomon yo‘nalib, osilib, sathning ma’lum nuqtasiga yetmoq, o‘sha o‘rinda turmoq.
Gavharning egnida guldor ko‘k ko‘y-lak qop-qora, uzun sochlari taqimiga tushib turibdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Hirot yigitlariga xos ixchamgina salla o‘rab olgan, sallaning zar chiziqli pechi yelkasiga tushib turar edi.
Mirmuhsin, Me’mor
Yoqimli sadoning sehriga berilib, ko‘zlari sekin yumildi, boshi yana quyiroq tushdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
11. 11. Kelin bo‘lmoq; erga tegmoq, kuyovga chiqmoq.
Singlim tushgan yerlarga Oy bo‘layin, yor-yor
Qo‘shiqlar
U kishi mening yangam bo‘ladi, akamga tushgan.
Guldasta
Hoy, To‘raxon, Teshaboyga tushganingizga ham uch yil bo‘p qoldi shekilli.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
12. 12. Harakat, narsani bajarmoq, qilmoq ma’nosini bildiradi.
Gapga tushmoq. Maqtanishga tushmoq.
▬
havaskor hofizlar qo‘shiq aytdi, sho‘x yigitlar o‘yin tushdi.
S. Yunusov, Kutilmagan xazina
Kechalar tongotarga qadar Halimaxon qo‘shiq aytib, Tamaraxon raqsga tushgan joylarda bo‘ldik.
O‘zbekiston qo‘riqlari
13. 13. Shaxs (kimsa)da shu fe’l birikkan so‘z bildirgan holat yuz berishi, uning shunday vaziyatda qolishi ma’nosini bildiradi.
Sarosimaga tushmoq. Dahshatga tushmoq. Talvasaga tushmoq. Hayratga tushmoq.
▬
Bu manzarani ko‘rib turgan xaloyiq bir lahza hayajonga tushib, sarosimalanib qoldi.
K. Yashin, Hamza
Bashirjon ham akaxonining bu sukutidan noqulay ahvolga tushib, lom-lim demay, unga zimdan bir qarab qo‘ydi-da
N. Aminov, Suvarak
14. 14. Borlikda shu fe’l birikkan so‘z anglatgan narsaning yuzaga kelishi, bo‘lishi ma’nosini bildiradi.
Oqshom tushib, ziyofat yarimlaganda, hovliqib hudaychi kirdi.
S. Siyoyev, Avaz
Oraga bir lahza jimlik tushdi.
S. Zunnunova, Yangi direktor
Ular sovuq tushib qolmasdan ko‘zlagan manzillariga yetish uchun tolmas qanotlarini betinim silkitardilar.
Gazetadan
15. 15. Biror ish, manbadan qo‘lga kirmoq, kelmoq (pul, daromad kabilar haqida).
Tuzukkina tushib turadi, yashirishning hojati yo‘q.
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Oshi halolga tushadigan ovqat ortib qola boshladi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
O‘g‘limning qo‘liga pul tushdi deguncha yeb qo‘yadi.
Mushtum
16. 16. Ma’lum narsa, harakat-holatning biror kimsa yoki narsa uchun shu fe’l bog‘langan so‘z anglatgan ma’noda bo‘lishini bildiradi.
Yulduzingiz naq bir-biringizga to‘g‘ri tushgan ekan, ikkingizning ham bir-biringizdan kamligingiz yo‘q!
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bu yosh yigit, dunyoda muhabbatni har qanday qulfga tushadigan kalitga aylantirib olgan xotinlar ham borligini bilib qo‘ysin
A. Qahhor, Asarlar
Uning surati ham asosiy maqsadga, Alisherning tabiatiga xo‘b muvofiq tushadi.
Oybek, Navoiy
17. 17. Shaxs uchun biror narsa qandaydir qiymat, miqdor bilan tegmoq, qo‘lga kirmoq, to‘g‘ri kelmoq.
Sarf-xarajat esa oltinning o‘zidan ham qimmatga tushayotgan edi.
S. Karomatov, Oltin qum
Lekin o‘sha o‘tni sigirga yedirib, qachon sut bo‘lishini poylab o‘tirgandan ko‘ra, o‘tning o‘zidan olsa, ham arzon, ham oson tusharkan.
Shukrullo, Saylanma
O‘ziyam [beda] suv tekin tushdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
18. 18. Urilmoq, tegmoq (biror narsa bilan bo‘lgan zarb haqida).
Shu shovqin-suron orasida Bektemirovning qorni va beliga bir-ikki tepki tushdi.
S. Ahmad, Hukm
Birdan yelkamga tushgan mushtdan uyg‘onib ketdim.
E. Raimov, Ajab qishloq
Uning shapalog‘i sharaq etib G‘ulomning chap yuziga tushdi.
M. Hazratqulov, Jur’at
19. 19. Paydo bo‘lmoq, yuz bermoq.
[Madraimboyning] Sariq-qo‘ng‘ir cho‘qqi soqoliga birdan oq tushdi.
J. Sharipov, Xorazm
— Jin-pin urganmi seni? — Ahmad brigadirning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi
S. Nurov, Narvon
Suv qo‘yibman jiyda maydon burchiga, Xol tushibdir kelinchakning yuziga
Qo‘shiqlar
Bu fojia katta kemaga tushgan darzga o‘xshardi.
Mirmuhsin, Me’mor
20. 20. Barpo etilmoq, qurilmoq.
Sidiqjonning diqqati terib qo‘yilgan son-sanoqsiz g‘ishtga jalb bo‘ldi
▬
Yerto‘lalar birin-ketin yo‘qolib, o‘rniga uylar tusha boshladi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
Shu yerga maktab tushadi [dedi xotin]
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Kanal tushmasdan ilgari bir odam Shahrixondan tuxum ko‘tarsa, Uchqo‘rg‘ondan ko‘rinardi, shundoq yaydoq edi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
21. 21. Band holatga duchor bo‘lmoq, ilinmoq.
Tuzoqqa tushmoq. Qopqonga tushmoq. To‘dadan ajralgan to‘rga tushar.
Maqol
Bobur Shayboniyxonning qo‘liga tushsa, tirik qutula olmasligini biladi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Orqa tomonidan o‘q yog‘dirilayotganiga Durdi qilich hayron: Nahotki qurshovga tushib qoldik, deb garang edi.
J. Sharipov, Xorazm
22. 22. Olinmoq, berilmoq (xat, ariza va shu kabilar haqida).
Tinglovchilardan savol tushdi. Iltimos tushdi. Taklif tushdi.
▬
Oradan ko‘p o‘tmay redaksiyaga shunday xat tushdi.
Mushtum
Majlisga yana o‘n to‘qqiz kishidan ariza tushdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
23. 23. O‘zga uchun sarf-xarajat qilmoq, shunday sarf-xarajatga ilinmoq.
Xotin kishi eriga xushomad qildimi bilingki, kattaroq bir narsaga tushirmoqchi.
S. Siyoyev, Otliq ayol
hali bitta morojniy emas, limonadga ham tushasiz
Mirmuhsin, Umid
24. ko‘m. fl. vzf. vzf. Harakatning qo‘qqisdan, kutilmaganda bajarilishi ma’nosini bildiradi; ma’noni kuchaytiradi.
Cho‘chib tushmoq. Qoqilib tushmoq. Bu so‘zlar unga yoqib tushdi.
▬
— Ahmadjon og‘a, — deb chaqirganini eshitdi. Yuragi bir sapchib tushdi.
S. Siyoyev, Avaz
Uning kaltagina mo‘ylovi, qop-qora qoshi o‘ziga yarashib tushgan.
H. Shams, Dushman