Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {peshin}
So‘z bo‘g‘inlari: pe-shin
Izoh(lar)i:
peshin ot

1. 1. Kunning yarmi o‘tgan payt. Jahongir yashagan qishloqqa ertasi kun peshinga yetib borishdi. Sharq yulduzi
Yaxshiboyev ikkimiz yolg‘iz qoldik. Vaqt peshinga og‘ib borardi. Uzoqda tog‘lar qorayib ko‘rinadi. M. M. Do‘st, Lolazor.

2. din. in. Kun yarmida o‘qiladigan namoz. Peshinni o‘qimoq. — O‘zimiz ham tamaddi qilib olaylik, — dedi Maxsum peshin namoziga hozirlik ko‘rayotib. S. Anorboyev, Oqsoy
Uch do‘st, peshin qazosi o‘tguncha, Inoqiy madrasasining bir kunjagida bekinib o‘tirdilar. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Xo‘ja Xizr har kuni peshin namozini Buxorodagi Mag‘oki Attori masjidida o‘qir ekan. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tush
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.