Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ohista}
So‘z bo‘g‘inlari: o-his-ta
Izoh(lar)i:
ohista [o-his-ta ]

1. Asta, qattiq ovoz chiqarmasdan, sekingina. Avaz uyg‘oq edi, otasi bilan ohista gaplashib kirayotgan kishining tovushini eshitdi-yu: Yana bir hamdard shekilli, deb shiftga qarab yotaverdi. S. Siyoyev, Avaz

2. Shoshmasdan, sekin, asta; shov-shuv ko‘tarmasdan. Umid kirishda ohista u yoq-bu yoqqa qarab kirgani bilan, chiqishda mushukdek epchillik bilan zinapoyalardan tushdi. Mirmuhsin, Umid

3. Bilinar-bilinmas, sal-pal, zo‘rg‘a payqab oladigan darajada. Pastdan shosha-pisha chiqib kelayotgan vrachning sharpasini sezgach, xiyol qo‘zg‘alib, ohista ko‘zini ochdi. N. Aminov, Qahqaha

4. Hovliqmasdan, bosiqlik bilan, yotig‘i bilan. Sizga shunday vazifa yuklandi: ukangiz, singlingiz, xo‘sh, yana kim bor — shularga ohista tushuntirasiz, ya’ni ular Mirzakarimboy otamga araz qilmasinlar. Oybek, Tanlangan asarlar

5. Bildirmay, bilintirmay, oshkor qilmay, yashirincha. Shiypon yaqiniga borib, ohista mo‘ralasam, kattakon gujum tagida Xolchuchuk o‘tiribdi. Saodat

6. Ehtiyotlik bilan, avaylab, astagina. Qayg‘u bilan charchagan qizning ko‘zlari yumila boshladi. Yo‘lchi uning boshini kir yostiqqa ohista qo‘ydi. Oybek, Tanlangan asarlar

7. Tinch, osoyishta. Bu qishloqda hayot ohista va bir maromda kechardi. Sharq yulduzi

8. Yengil, osongina. Samolyot ohista Andijon tuprog‘iga qo‘ndi. Yoshlik

Antonim(lar)i: ildam , jadal [a], tez
Sinonim(lar)i: sekin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Asta – sekin – ohista
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining nofaolligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.