Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sust}
So‘z bo‘g‘inlari: sust
Izoh(lar)i:
sust sf

1. 1. Uncha kuchli, shiddatli bo‘lmagan; sekin, past. Sust oqim. Sust olov. Tez maslahat yovning bo‘ynin egdirur, Sust maslahat bul o‘ljadan qo‘ydurur. Gulixiromon
Ertalab turib, gazeta varaqlashga yuragim dov bermaydi. Nega qo‘rqaman, nimaga ishonchim sust? A. Muxtor, Asarlar

2. 2. Sekin ish qiladigan, kamfaol, imillagan; sustkash. Sust odam. Bozor sust. Kuli sust kosibdan oyog‘i chaqqon gadoy yaxshi. Maqol
Omborxonalar ta’minoti sust amalga oshirilyapti. Gazetadan

3. 3. Lanj, bo‘shashgan. Da’vogar sust bo‘lsa, qozi muttaham bo‘ladi. Maqol

Antonim(lar)i: abjir , ildam , jadal [a], tez , jadaltez
Sinonim(lar)i: sekin
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: sus Xohish, tusash; mahobat, savlat. Ko‘ngli sus ketmoq. Sus bosmoq. Susi baland.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.