Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {teskari}
So‘z bo‘g‘inlari: tes-ka-ri
Izoh(lar)i:
teskari sf

1. Odatdagi, o‘ng, to‘g‘ri deb qabul qilingan holatga, yo‘nalish, tuzilish, tartib va shu kabilarga qarama-qarshi bo‘lgan; ters. Teskari ish. Bo‘luvga teskari amal — ko‘paytiruv. Kepkani teskari kiymoq. Kitobni teskari ushlamoq. Stulga teskari o‘tirmoq. So‘zni teskari o‘qimoq. Suv teskari oqmaydi. ▬ Qo‘limga tushganida, yuziga kuya surib, eshakka teskari mindirar edim-u, bozorning o‘rtasi bilan haydab, to‘ppa-to‘g‘ri qozining huzuriga olib borar edim. P. Tursun, O‘qituvchi
Bo‘ta, quruq choyni nonsiz issiq-issiq ho‘plab, choynakning qopqog‘ini teskari yopib, ichiga ikkita o‘n tiyinlikni tashlab, o‘rnidan turdi. S. Ahmad, Hukm

2. Qarama-qarshi tomon, o‘ng bo‘lgan tomonga qarshi, ters. Uzoq o‘ylab turmay, bu kungi Tiktepaning guzarga teskari to-monidan o‘zi uchun bir boshpanoh ochish qaroriga keladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
Men qayoqqa boshlasam, mehmon yurmaydi, teskari tomonga yo‘l oladi. Guldasta

3. Qarama-qarshi, xilof, zid. Agar bironta ish uning \Xushro‘yning\ tilagiga teskari ketsa, shovqin-suronni xuddi boshiga kiyib olar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Kishi ko‘rinishda va muomalada bir xil, haqiqatda, ichki jihatdan tamom teskari bo‘lib qolishi mumkin. P. Tursun, O‘qituvchi

4. Aql-odob. ish-faoliyat va shu kabilarda o‘zaro zid, bir-birining aksi bo‘lgan, bir-biri bilan kelishmaydigan holatli. Shayxulislomning Ulug‘bek mirzoga ochiqdan-ochiq teskari bo‘lib olganini ko‘rgan Tarxon yoqasini ushladi. Mirmuhsin, Me’mor

5. Biror narsaning orqa tomoni, orqasi, astari. Gazlamaning teskarisi. Ko‘rpaning teskarisi. ▬ Bitta kulchani kaftiga teskari qo‘yib turib, mushti bilan o‘rtasiga urdi H. G‘ulom, Mash’al

6. ko‘chma hma Bir-biri bilan gaplashmaydigan, arazlashgan. Ular bir-birlari bilan teskari bo‘lib qoldilar. ▬ Olti oydan beri yuz ko‘rishmagan qaynata-kuyov birga ishlashyapti-ya? Bir hisobdan yaxshi bo‘pti. Tokaygacha teskari bo‘lib yurishadi. R. Rahmon, Mehr ko‘zda

Antonim(lar)i: o‘ng
Sinonim(lar)i: aks [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. telba to‘nini teskari kiymoq: -

2. teskari dunyo: Bevafo, o‘zgarib turuvchi dunyo

3. to‘nini teskari kiyib oldi: o‘chakishgan holda qaysarlik qildi

4. to‘nini teskari kiyib olmoq: -

5. to‘nni teskari kiyib olmoq: -

6. to‘nni teskari kiymoq: -

7. yuzini teskari o‘girmoq: qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi

8. yuzni teskari o‘girmoq: -

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.