1. Boshqa kimsadan, narsadan xoli, yakka, yolg‘iz. Hamma yoqni saqlar muz tog‘idan g‘ov, Jimlikka tikilgan bir tanho o‘tov. G‘, G‘ulom
2. Kimsasiz, hech kim yo‘q. Tanho kechada farzand bilan ota o‘rtasida bo‘lib o‘tgan u uchrashuvni faqat ko‘kda suzib yurgan oyning kemtik o‘rog‘i kuzatib turardi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
3. Biror jihatdan yakka-yu yagona, tengi, o‘xshashi yo‘q. Gilos shirinmi yo sen! Shirinlikda tanho sen. R. Bobojon
4. Ayirish, chegaralash bildiradi; faqat. U dargohda rang bor, olov bor, Tanhogina sen yo‘qsan, gulim. R. Parfi, Ko‘zlar
1. Birdan-bir – yagona – yakkayu-yagona – yolg‘iz – tanho Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalash darajasiga ko‘ra)