1. rvsh. Bir bo‘lib, qo‘shilib, birgalikda, hamkorlikda.
Birga ishlamoq. Birga o‘qimoq. Birga o‘sgan o‘rtoqlar.Nishonboy birga ishlaydigan yigitlar bilan chorpoyada o‘tirardi.
T. Ashurov, Oq ot
2. Bir vaqtda, baravar.
O‘g‘lim ertalab men bilan birga turadi. ishSodiqjon Yulduzxon bilan yoshlikda birga o‘sgan, bir maktabda o‘qigan.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
3. Bilan ko‘makchisidan keyin kelib, qatorida, bir qatorda; shuningdek ma’nolarini anglatadi.
Bizning vazifamiz ishni xalq tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan o‘tkazishdir.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. Kimsa yoki narsa bilan birlikda; uning yonida, bag‘rida.
Masalalarni birga muhokama qilmoq. Xat bilan sovg‘ani birga yubormoq.Domla bolalardan ikkitasini birga olib yura boshladi.
P. Tursun, O‘qituvchi