1. 1. Bir bo‘lib, qo‘shilib, birgalikda, hamkorlikda.
Birga ishlamoq. Birga o‘qimoq. Birga o‘sgan o‘rtoqlar.
▬
Nishonboy birga ishlaydigan yigitlar bilan chorpoyada o‘tirardi.
T. Ashurov, Oq ot
U bilan birga kechgan shirin damlarni, dilrabo suhbatlarni eslaydi.
T. Ashurov, Oq ot
Qani, o‘zinglar ham o‘tiringlar, birga ichamiz.
S. Zunnunova, Olov
Kelajak baxt yo‘limni siz bilan birga bosmoqni orzu qilaman.
P. Tursun, O‘qituvchi
Me’mor barvaqt turib, uch shogirdi bilan birga tashqari hovlida nonushta qildi.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Bir vaqtda, baravar.
O‘g‘lim ertalab men bilan birga turadi. ish
▬
Sodiqjon Yulduzxon bilan yoshlikda birga o‘sgan, bir maktabda o‘qigan.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
3. 3. Bilan ko‘makchisidan keyin kelib, qatorida, bir qatorda; shuningdek ma’nolarini anglatadi.
Bizning vazifamiz ishni xalq tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan o‘tkazishdir.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Yangi maktablar ochib diniy darslar bilan birga jug‘rofiya, tarix, hisob kabi ilmlarni ham ta’lim beraylik.
Oybek, Tanlangan asarlar
Menda bir taklif bor: bugun Kanizakni yangi uy bilan birga yangi nom bilan ham mukofotlasak — otini Hanifa qo‘ysak.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. 4. Kimsa yoki narsa bilan birlikda; uning yonida, bag‘rida.
Masalalarni birga muhokama qilmoq. Xat bilan sovg‘ani birga yubormoq.
▬
Domla bolalardan ikkitasini birga olib yura boshladi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Eri, baxti, husni, sho‘xligi yana u bilan birga.
S. Ahmad, Ufq
Eri? Eri bormi? — Bor. Shu yerda. Besh oydan beri birga!
A. Qahhor, Asarlar