1. 1. Kimsaning ko‘nglini olish yoki xizmatlarini taqdirlash uchun tortiq qilib berilgan narsa; hadya, tuhfa. Qimmatli sovg‘a. Sovg‘a bermoq. ▬ Dushmanning sovg‘asidan qo‘rq. Maqol Shahar sanitariya bo‘limining boshlig‘i ham mashinasidan tushib, u bilan juda quyuq ko‘rishib, ko‘krak cho‘ntagi-da turgan avtoruchkasini sovg‘a qildi. S. Ahmad, Yulduz To‘yga kelolmagan og‘aynilaridan uch-to‘rttasi, Badalbekni tabriklash uchun, sovg‘aga magnitofon ko‘tarib kelib qolishdi. S. Ahmad, Saylanma
2. ko‘chma hma Ko‘pchilik uchun tayyorlangan va tantanali ravishda egalariga topshiril(adi)gan narsa. Sayyohlar, poytaxtimiz meh-monlari bayram arafasida ana shunday ajoyib sovg‘a [yangi mehmonxona] oladilar. Gazetadan Tarixiy sanalar va bayramlarni mehnat sovg‘alari bilan kutib olish — shonli va azaliy an’analardan biri. Gazetadan
1. Ehson – tortiq – sovg‘a – mukofot Bo‘yog‘iga ko‘ra (ifoda belgisining kuchiga ko‘ra)
2. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)