Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {tuhfa}
So‘z bo‘g‘inlari: tuh-fa
Izoh(lar)i:
tuhfa ot

1. kt. kt. Kimsaning ko‘nglini olish yoki xizmatlarini taqdirlash uchun berilgan narsa; tortiq, sovg‘a. Qimmatbaho tuhfa. Tuhfa olib bormoq. [ Sohibdoro:} Qilib olamshumul san’atni bunyod, Ketirmish sizga tuhfa usta Behzod. Uyg‘un va I. Sulton, Alisher Navoiy
Husayn Boyqaro shu shaharni [Astrobodni] kichik o‘g‘li Muzaffarga tuhfa qildi. M. Osim, Ajdodlarimiz qissasi

2. ko‘chma hma Ko‘pchilik uchun atab tayyorlangan narsa; sovg‘a. Maqomlarning gramplastinkaga yozib olinayotgani san’atkorlarimizning xalqqa ajoyib tuhfasidir. Gazetadan

3. 3. Tuhfa (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sovg‘a
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

“At-tuhfat uz-zakiyatu fil-lug‘atit turkiya”XV asrning birinchi yarmida noma’lum muallif tomonidan Misrda yozilgan deb taxmin qilinadi. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi Istambulda Valiuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda.

«At-tuhfa» nomi bilan mashhur bu asarda qipchoq tili materiallari izohlanadi. Asar uch qism: kirish, lug‘at, grammatikadan iborat, qipchoq tili morfologiyasi va sintaksisi talqiniga keng o‘rin berilgan. Muallif arab tilshunosligini mukammal o‘rgangan olim, turkiy tildagi barcha grammatik kategoriya va shakllarni arab tilshunosligi atamalari vositasida izohlagan.

Bu nodir yodgorlik asrimizning 20-yillarida turk olimi Fuod Kupruluzoda tomonidan fanga ma’lum qilingan. Polyak, venger, turk olimlari mazkur asar asosida tadqiq ishlari olib borishgan. O‘zbek tiliga 1966- yilda S.Mutallibov tomonidan tarjima qilingan. Asarning mukammal ruscha nashri 1978- yilda E.Fozilov va M.Ziyayevalar tomonidan amalga oshirilgan. “At-tuhfa”da bayon qilingan ko‘pgina fikrlar hozirgi turkiyshunoslik uchun ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Turkiy tillarning tarixiy grammatikasini yaratishda “At-tuhfa”qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

 

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.