Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {in’om}
So‘z bo‘g‘inlari: in’-om
Izoh(lar)i:
in’om ot

1. 1. Tortiq qilib berilgan narsa; hadya, sovg‘a. Shomurodga meni ta’rif qilasan qizini ko‘ndirasan, kelib mening in’omlarimni olasan. Yodgor.
Bugungi xirmon-xirmon paxtalar meva-chevalar xalqimizning mehnati evaziga kelgan cho‘l in’omidir. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida so‘z

2. 2. In’om (erkaklar ismi)

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sovg‘a
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. in’om etmoq: tortiq, sovg‘a va sh.k. bermoq..

2. in’om qilmoq: tortiq, sovg‘a va sh.k. bermoq..

1. Sovg‘a – hadya – tortiq – tuhfa – armug‘on – in’om
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.