Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {miqdor}
So‘z bo‘g‘inlari: miq-dor
Izoh(lar)i:
miqdor ot

1. 1. O‘lchash, sanash mumkin bo‘lgan narsalarning oz-ko‘pligi, soni, chamasi. Issiqlik miqdori. Suv bir miqdor-da oqib turibdi. Yetarli miqdorda oziq-ovqat bilan ta’minlamoq: Ko‘p miqdordagi suv. Ota-onamdan qolgan ko‘rpa-yostiqlardan o‘zim uchun va ukalarim uchun kerakli miqdor-da oldim. S. Ayniy, Esdaliklar
Yakkam-dukkam tub konlardan olinayotgan oltin miqdori juda kam. S. Karomatov, Oltin qum.

2. mat. at. Kesma uzunligi, sirt yuzi, jism hajmi va massasi kabi tushunchalarning umumlashma nomi; kattalik.

3. fls. ls. Obyektning tashqi ko‘rsatkichlari (kattaligi, soni, hajmi), hodisalarning rivojlanishi va shu kabilarni ifodalovchi tushuncha. Miqdor va sifat. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: adad [a], son
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.