1. 1. O‘sib turgan yoki yangi uzilgan vaqtidagi holatini yo‘qotmoq; shalpaymoq (o‘simlik haqida).
Umid so‘lib, qovjirab qolgan g‘o‘zalar tepasida aylanardi.
Mirmuhsin, Umid
Qizil gullar aytar: Hech so‘lmagayman, Yomonning qo‘lida xor bo‘lmagayman.
Qo‘shiqlar
2. ko‘chma hma G‘am-tashvishdan yoki dard-alam chekib, o‘zini oldirmoq, rangi ketib, quti o‘chib, siniqib, so‘lg‘in tus olmoq; siniqmoq.
El bilan bo‘lsang — bo‘lasan, Eldan chiq-sang — so‘lasan.
Maqol
Qop-qora ko‘zing Yoshlarga to‘lmish. Oy kabi yuzing Yaproqday so‘lmish.
Mirtemir, Asarlar
Simobdek beqaror, kuch-g‘ayrati taniga sig‘magan o‘t-olov yigit endi so‘lgan, taqdirning bemahal zarbasidan esankirab qolgandi.
S. Ahmad, Ufq