Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chap}
So‘z bo‘g‘inlari: chap
Izoh(lar)i:
chap [chap ]

1. Gavdaning yurak joylashgan tomonidagi; so‘l. Taajjubki, uning chap oyog‘i uvushgandek, o‘ng qo‘lining barmoqlari ham dir-dir titrardi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. So‘l tomon, o‘ng tomonning qarama-qarshi tomoni. Ahmad ko‘chaning chap betidan — serdaraxt va qorong‘i yo‘lakdan yurdi. F. Musajonov, Himmat

3. O‘ng kelmaydigan, teskari, noqulay. — Yo‘l garchi chaproq bo‘lsa ham, bu gal uncha qiynalmadim. Kechga yaqin Donoxonlar uyiga yetib bordim, — dedi Nafisa. G‘ayratiy, Uzoqdagi yor

4. Munosabati yaxshi emas (biror kimsa bilan). Madaminjon qizlar bilan chap bo‘lib qolgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar

5. Chalp.

Antonim(lar)i: o‘ng
Sinonim(lar)i: so‘l
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. apoq-chapoqlashmoq: inoqlashmoq, apoq-chapoq bo‘lib ketmoq

2. chap ko‘z bilan qaramoq: Boshqalarga nisbatan kamsitib, e’tiborsiz qaramoq.

3. chapaqay jahli chiqmoq: Astoydil jahli chiqmoq, g‘azabi oshmoq, g‘azabiga olmoq.

4. chaparasta qilmoq: Ostin-ustin qilmoq, astar-paxtasini chiqarmoq.

5. yo‘lni chap solmoq: Ko‘zga tashlanmaslik, chalg‘itish maqsadida to‘g‘ri yo‘ldan yurmay, egri, aylanma yo‘ldan yurmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.