Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {so‘l}
So‘z bo‘g‘inlari: so‘l
Izoh(lar)i:
so‘l fl

1. 1. O‘sib turgan yoki yangi uzilgan vaqtidagi holatini yo‘qotmoq; shalpaymoq (o‘simlik haqida). Umid so‘lib, qovjirab qolgan g‘o‘zalar tepasida aylanardi. Mirmuhsin, Umid
Qizil gullar aytar: Hech so‘lmagayman, Yomonning qo‘lida xor bo‘lmagayman. Qo‘shiqlar

2. ko‘chma hma G‘am-tashvishdan yoki dard-alam chekib, o‘zini oldirmoq, rangi ketib, quti o‘chib, siniqib, so‘lg‘in tus olmoq; siniqmoq. El bilan bo‘lsang — bo‘lasan, Eldan chiq-sang — so‘lasan. Maqol
Qop-qora ko‘zing Yoshlarga to‘lmish. Oy kabi yuzing Yaproqday so‘lmish. Mirtemir, Asarlar
Simobdek beqaror, kuch-g‘ayrati taniga sig‘magan o‘t-olov yigit endi so‘lgan, taqdirning bemahal zarbasidan esankirab qolgandi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: o‘ng
Sinonim(lar)i: chap [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.