1. 1. Qarama-qarshi jinsdagi odamlarning (er va xotin, yigit va qizning) bir-biriga nisbatan chuqur intim, chin qalbdan va fidokorona iliq munosabat tuyg‘usi; ishq, muhabbat. Sevgi pulga sotilmas, ko‘ngil pulga topilmas. Maqol Muhabbat uning [Gulnorning] yuragini har kun yana chuqurroq egallab, dardini kuchaytirgach, sevgining chin ma’nosini tushuna boshlagandi. Oybek, Tanlangan asarlar Sevgi odamning yuragiga tiniqlik, nur, ko‘ngliga ezgu orzular soladi deyishadi. S. Ahmad, Sud Sevgini tortib bo‘larmi Toshu tarozu bilan E. Vohidov, Muhabbat
2. 2. Biror yaqin kimsa yoki narsaga nisbatan mehr-sadoqat, mehr-muhabbat tuyg‘usi. Vaqtim chog‘ etgan — Vatan sevgisi! Ko‘ksim tog‘ etgan — Vatan sevgisi! Yo, Mirzo
1. Sevgi – muhabbat – ishq Bo‘yog‘iga ko‘ra (bo‘yoqdorligiga ko‘ra)