Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {muhabbat}
So‘z bo‘g‘inlari: mu-hab-bat
Izoh(lar)i:
muhabbat ot

1. 1. Kimsaning kimsaga qalbdan berilish hissi; sevgi, ishq. Muhabbat chiroy tanlamas, uyqu — o‘rin. Maqol
Qiz Yo‘lchini chuqur sevar, uning yolg‘iz ismini eshitish bilan yuragi to‘lqinlanar edi. Bu muhabbat qizning ko‘ngliga yoz chog‘i saraton quyoshi bilan birga kirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Hammasi joyida, faqat o‘rtaydi Visolni qo‘msagan otash muhabbat. G. Jo‘rayeva, Iqbol

2. 2. Birovga, biron narsa yoki ishga berilish, moyillik tuyg‘usi, mehr. Musiqaga muhabbat qo‘ymoq. San’atga bo‘lgan muhabbat. Polvonlarning biriga muhabbat, ikkinchisiga nafrat bilan qarab turgan xalq ko‘zida, uning hayajonli yuzida ikki dunyo kurashi aks etgandek edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona t.o.
Otam bo‘lmasangiz ham, meni otalik muhabbati bilan sevgan sodiq va mehribon kishimsiz, ya’ni ma’naviy otam. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Muhabbat (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: nafrat
Sinonim(lar)i: sevgi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Muhabbat Abduraimova 1943 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Olima o‘zining sal kam 50 yillik  pedagogik faoliyati davomida yoshlar ongi va shuuriga ona tiliga mehr va sadoqat tuyg‘ularini singdirish, darsliklarning yangi avlodini yaratish, ona tili ta’limi mazmunini yangilash kabi islohotlar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Olima ona tili va o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishning dolzarb masalalari bilan shug‘ullanuvchi Respublika Doimiy anjumani tashabbuskori va tashkilotchilaridan biri. 8- sinf “Ona tili” darsligi mualliflaridan biri.

M.Abduraimova ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Respublika Ta’lim markazi filologiya bo‘limini boshqarib kelmoqda. 

«Muhabbatnoma»Xorazmiyning dunyoviy lirikaga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan asari. Eski o‘zbek adabiy tilining va o‘zbek adabiy tilida noma janrining birinchi namunasi. U Oltin O‘rda hududida hukmronlik qilgan Muhammad Xo‘jabekning iltimosiga ko‘ra yozilgan. Shoir uni Sirdaryo yoqalarida yozganligini ma’lum qiladi. Asarning ikki nusxasi fan olamida ma’lum. Biri arab, ikkinchisi uyg‘ur yozuvida. Ikkalasi ham Londondagi Sharq qo‘lyozmalari muzeyida saqlanadi.

Asar xudoga hamd, payg‘ambarlarga na’t bilan boshlanib, so‘ngra asarning kimga bag‘ishlanganligi va uning madhi, lirik chekinish – g‘azal keltiriladi. So‘ngra asarning yozilish sababi aytilib, nomlar keltiriladi. Har qaysi nomadan keyin masnaviy yoki g‘azal beriladi.

«Muhabbatnoma»asari oshiqning o‘z ma’shuqasiga yozgan she’riy maktublari ko‘rinishida. 11 nomadan iborat, 8 tasi eski o‘zbek tilida, uchtasi (4-, 8-, 11-) fors-tojik tilida.

Asarning yozilish yilini shoirning o‘zi hijriy 754 (milodiy 1353) deb aytadi.

1. muhabbat qo‘ydi: sevish hissiga erk berdi

1. Sevgi – muhabbat – ishq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.