Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishq}
So‘z bo‘g‘inlari: ishq
Izoh(lar)i:
ishq ot

1. 1. Boshqa jinsdagi shaxsga berilish, intilish (moyillik) his-sezgisi. Majnunning Layliga ishqi. Ishq savdosi. Yor ishqida yonmoq. Ishqi yo‘q — eshak, dardi yo‘q — kesak. Maqol
Bir vaqtlar ishq mojarolarini yolg‘iz ertaklardan tinglagan Gulnor endi o‘zi ishqning olov ko‘ylagida yashar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma Zo‘r ichki intilish; ishtiyoq. Odatda, navbahor kelishi bilan qalbi yaratish ishqi bilan tug‘yon uruvchi saxiy bog‘bonlar, paxtakorlar va ishchilar yil bo‘yi qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni xomcho‘t qilib oladilar. Gazetadan
Ajabo, ustozning inson qalbiga solgan ijod ishqi shogirdning matonati bilan qo‘shilsa, mo‘jiza tug‘ilarkan. Guldasta

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sevgi
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. burnini yerga ishqadi: qattiq jazoladi

2. ishqi tushdi: sevib qoldi

1. Ishchan – harakatchan – g‘ayratli – tirishqoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

2. Sevgi – muhabbat – ishq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.