Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sassiq}
So‘z bo‘g‘inlari: sas-siq
Izoh(lar)i:
sassiq sf

1. 1. Hidi yomon, yoqimsiz, qo‘lansa. Sassiq gaz. Sassiq sarimsoq. Burunni sassiq deb kesib tashlanmas. Maqol
— Sassiq balchiqda yotgan sassiq to‘ng‘iz avval o‘zini qutqarsa-chi, birovning g‘amini yeyish o‘rniga! — dedi Zulfizar. K. Yashin, Hamza

2. 2. Sassiq hid o‘rnashib qolgan; havosi og‘ir; badbo‘y. Sassiq hammom. Ikki yilgacha mana shu sassiq barakda chirib yotamizmi? A. Muxtor, Tug‘ilish
Zumrad benzin anqib turgan sassiq kabinadan sakrab tushib, shiypondagi xotin-qizlar orasida g‘oyib bo‘ldi. S. Siyoyev, Otliq ayol

3. 3. Aynib, hidlanib, buzilib, chirib qolgan, achigan. Ko‘karib ketgan bu sassiq suvda bijillab yotgan har xil qurtlar, tushgan yerida bir-ikki qiltanglab, darrov o‘lardi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

4. ko‘chma dag‘l. ʻl. Gap-so‘zi kishiga yoqmaydigan; qo‘lansa (gap, so‘z, muomala haqida). Sassiq odam. Sassiq so‘z. Eshon ham, otinoyi ham ikkiyuzlama, yolg‘onchi va sassiq gap odamlar edi. P. Tursun, O‘qituvchi
Meni nima uchun bunday qiynaysiz Koshkiydi, qoracha bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsam, ko‘rgami, kalgami tegib, sizning ta’nangizni, sassiq so‘zlaringizni eshitmas edim! M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

5. ko‘chma hma Birovni kamsitish, haqoratlashni bildiradi. Oh bolam, yoshligim qaytib kelsa, bu sassiq cholga o‘lsam ham tegmasdim. S. Ahmad, Saylanma
— Sen gapirma, sassiq kampir, — dedi Qumri, Qamchining yonini olib, — ering bilan qo‘shmozor bo‘l! H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: muattar [a], xushbo‘y [f-t]
Sinonim(lar)i: badbo‘y [f-t], qo‘lansa
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Sassiq – badbo‘y – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

2. Yomon – badbo‘y – sassiq – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yoqining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.