Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {badbo‘y}
So‘z bo‘g‘inlari: bad-bo‘y
Izoh(lar)i:
badbo‘y sf

1. 1. Yoqimsiz hid tarqatuvchi; yoqimsiz hidga ega; qo‘lansa, sassiq. Avaz badbo‘y hiddan bo‘g‘ilib uyg‘ondi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Oshxonaning mendan ham kattaroq rahbarlar ovqatlanadigan xilvat burchagidan odam bolasi chiday olmaydigan badbo‘y hid anqiy boshladi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati

2. ko‘chma hma Yomon, yaramas; xavfli. Odobni odobsizdan o‘rgandim degandek, balki ota hayotining ba’zi badhazm, badbo‘y tomonlari qizni uzoqlarga nazar tashlashga majbur qilgandir. N. Safarov, Uzoqni ko‘zlagan qiz
Vatanimizning zangori osmonini badbo‘y bulutlar qoplagan og‘ir sinov daqiqalarida ham uning [G‘afur G‘ulomning] baland na’rasi uzoq-uzoqlarga eshitilib turdi. Gazetadan

Antonim(lar)i: muattar [a], xushbo‘y [f-t]
Sinonim(lar)i: sassiq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Sassiq – badbo‘y – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)

2. Yomon – badbo‘y – sassiq – qulansa
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yoqining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.