1. 1. Yoqimsiz hid tarqatadigan; sassiq, badbo‘y.
Qo‘lansa hid.
▬
Ming-boshi yaktak barlarini ochib tashlab, yelpina boshladi. Semiz badanidan qo‘lansa ter hidi anqir edi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. 2. Badbo‘y hid.
Yo‘lchi quruq namatga yotib, ustiga ko‘rpacha yopdi. Ko‘rpachadan zax hidi bilan ot shiptirining qo‘lansasi dimoqqa urdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
3. 3. Badbo‘y hidli.
Bu xona ham nimqorong‘i va qo‘lansa edi.
Yoshlik
4. ko‘chma hma Qo‘pol; yoqimsiz (gap, muomala haqida).
Muncha ham qo‘lansa odam ekansiz. Do‘qini qarang-a!
B. Rahmonov, Yurak sirlari
Yursa ham, tursa ham, xayolida uning [Qodirqulning] qo‘lansa gapi
A. Muhiddin, Inson qalbi otash