Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {rohat}
So‘z bo‘g‘inlari: ro-hat
Izoh(lar)i:
rohat ot

1. 1. Estetik zavq yoki orom beradigan narsalardan olinadigan lazzat, huzur, gasht. Sevgisin aytmaslik — qizlar odati, Noz-u karashmasi — yigit rohati. M. Alaviya
Kunduzlari issiqdan behol bo‘lgan odamlar kechadan rohat kutadilar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. 2. Huzur-halovat, farog‘at, tinch va fa-rovon hayot. Rohatda yashamoq. Mehnat, mehnatning tagi — rohat. Maqol
Mehnatsiz rohat yo‘q. Maqol
Endi senlar omon bo‘linglar. Dunyoning rohatini senlar ko‘ringlar. Oydin, Oltin uzukka olmos ko‘z
[Puldorlarning] Qornilari to‘q. Bola-chaqalari rohatda, uylarida qazi-qarta qaynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Rohat (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: azob , uqubat [a], zahmat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yarali – yarador – jarohatli – majruh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.