Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {azob}
So‘z bo‘g‘inlari: a-zob
Izoh(lar)i:
azob [a-zob ]

1. Jismoniy yoki ruhiy qiynoq. Vijdon azobi. Ruhiy azob. Ilgari yo‘l azobi— go‘r azobi derdilar. [G‘ulomjon] Yuragidagi bor dardlarini, tortgan azoblarini bir-bir aytib berdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. Ish-mehnat qiyinchiligi, mashaqqati. [Xadicha] O‘g‘li ne-ne azob bilan yasagan stollar, o‘rindiqlarning tashqariga chiqarib uyilayotgan siniqlarini ko‘rib, dod solib yubordi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. azob bermoq: qiynamoq, qiynoqqa solmoq

2. azob chekdi, azob tortdi: juda qiynaldi

1. Azob – aziyat – jabr – jafo – ozor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

2. Og‘riq – azob – qiynoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

3. Ozor – azob – iztirob – jabr
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.