1. Yuqori darajadagi qanoat, qoniqish hissi, kishi vujudi, a’zolarining yayrash holati; rohat. O‘z mehnatining huzurini ko‘rmoq. ▬ Kanal suvi qirg‘oqqa bir maromda yel purkab, saratonda odamga huzur bag‘ishlaydi. O‘zbekiston qo‘riqlari Paxtachilikning azobi ham, huzuri ham bor. Gazetadan Latofat gullar ichida yurgandek, huzur bilan nafas oldi. S. Zunnunova, Yangi direktor
2. ko‘m. vzf. (jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklarida — huzuriga, huzurida, huzuridan) Makon munosabatlarini bildiradi. Azimjon ishdan qaytayotib, bugun yana onasining huzuriga kirdi. Saodat Toshpo‘latov rais bilan maktab huzurida kurs ochish uchun maxsus joy ajratish rejalari haqida uzoq suhbatlashdi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi Tashabbuskor quruvchilar huzuridan qaytar ekanmiz, ular amalga oshirayotgan ishlar va belgilayotgan rejalar haqida o‘yladik. Gazetadan
1. huzur I Ot oldi, qoshi, qabuli
2. huzur II Ot rohat, halovat