1. 1. (astronomiyaga oid termin sifatida bosh harf bilan) Quyosh sistemasiga oid markaziy jism — o‘zidagi termoyadroviy reaksiyalar hisobiga yorug‘lik va issiqlik tarqatuvchi (chiqaruvchi) ulkan gazsimon shar shaklidagi yoritqich. Yer Quyosh atrofida aylanadi. Quyoshning tutilishi. ▬ Raketalar tufayli biz Quyosh sistemasini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Fan va turmush
2. 2. Shu jismdan taraluvchi nur, issiqlik. Quyosh vannasi. Yoz quyoshida qoraymoq. Quyoshga tutmoq. ▬ Murod quyosh yoyilganda turdi. T. Ashurov, Oq ot Uy, quyoshga teskari solinganligidan bo‘lsa kerak, bir oz qorong‘iroq edi. S. Zunnunova, Olov Soldatlar qahqahlashib yuborishdi. Ayniqsa, qora qoshli, yuzlari quyoshda pishgan yigit silla-si qurib kulardi. A. Ubaydullayev, Qonli izdan
3. ko‘chma hma Nimaningdir hayot, yashash manbai, asosi hisoblanadigan, shunday deb qaraladigan narsa haqida. Baxt-u iqbolim quyoshi chiqdi, ko‘rsatdi jamol, O‘zbekistonda qazildi zo‘r kanal, oqdi zilol. Habibiy
4. 4. Quyosh (erkaklar ismi).
1. Quyosh – oftob – kun Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)
2. Sham – chiroq – elektr – toki – quyosh Ma’nosiga ko‘ra (yorug‘lik miqdorinng oz-ko‘pligiga ko‘ra)