1. Quyosh, kun.
Palataga kirdik. Shu payt oftob yana bulut ostiga kirdi-yu, palatani shom qorong‘iligi bosdi.
A. Qahhor, Ming bir jon
2. Quyosh tarqatayotgan nur; quyosh harorati.
Ayam meni bundaqa oftobda jizg‘inak bo‘lish uchun tuqqan emas.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
3. Quyosh nuri tushib turgan, quyosh isitib turgan joy.
Ko‘m-ko‘k barglar orasida tizilib, g‘uch-g‘uch bo‘lib, oftobda sadafdek yarqirab turgan tutni ko‘rib, juvonning ham og‘zi suv ochdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
4. Yorituvchi, yangilik kirituvchi, o‘zgartiruvchi.
Sizga o‘xshagan ayollarimizning har biri qora kun ichida yotgan minglab xotin-qizlarimizning ro‘zg‘origa oftob bo‘lib kirib borishyapti.S. Zunnunova, Olov
S. Zunnunova, Olov