1. 1. Suvi, nami batamom yoki qis-man qochgan, suvini, namini batamom yoki qisman yo‘qotgan; suvi, nami yo‘q yoki oz.
Quruq o‘tin. Quruq shamol. To‘qayga o‘t tushsa, ho‘l-u quruq baravar yonar.
Maqol
Normat rotaga kelishi hamon starshina Vanya Velikan uni blindajda yechintirib, quruq kiyimlarga o‘radi.
I. Rahim, Chin muhabbat
To‘tiqiz tomning quruq ko‘katlari ustida ko‘chani tomosha qilib, gilos yeb yotdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
2. 2. Yog‘ingarchilik kam bo‘lgan yoki bo‘ladigan; yog‘in-chochinsiz.
Quruq iqlim. Bu yil yoz quruq keldi.
3. 3. Maxsus quritilgan, qurigan.
Quruq meva. Quruq beda. Quruq choy. Quruq go‘sht.
4. 4. Quruqshagan, qurushiq.
Quruq lablarini bazo‘r qimirlatib, harsillab dedi Gulnor: — badanim yonib boradi.
Oybek, Tanlangan asarlar
5. 5. Suvi yo‘q; suvi qurigan.
Quruq sahro. Quruq daryo.
▬
Karvonlar o‘zgartirdilar yo‘lni, Tashlab bu quruq cho‘lni
Z. Diyor
— Yozda bu yerga ham suv keladi, — dedi Hamidjon mening quruq g‘isht ariqlarga tikilib borayotganimni ko‘rib.
O‘. Umarbekov, Cho‘lda bir kun
6. ko‘chma hma Ichida hech narsasi yo‘q, bo‘sh.
Quruq uyga ko‘chib kirmoq. Quruq qoshiq og‘iz yirtadi.
Maqol
[Boy] Xatni kursi ustidagi quruq patnis tagiga qistirdi.
Nomi ulug‘, suprasi quruq.
Mudofelarga in’omlar ulashilib bitdi-da, hudaychi o‘zining quruq xurjuni bilan Azizbek qoshiga kelib qulluq qildi.
Oybek, Tanlangan asarlar
7. 7. Biror narsa to‘shalmagan, yalang‘och.
— Ostingga nima to‘shaysan? — Qishda poxol, yozda quruq yerda yota beraman.
S. Ayniy, Qullar
Gulnor ayvonda quruq bo‘yra ustida o‘tirib, mahsi kiyish bilan ovora ekan, Un-sin kirib keldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
8. ko‘chma hma Hech narsasiz.
To‘yga quruq bormoq. Bozordan quruq kelmoq. Ovdan quruq qaytmoq.
▬
Bo‘ta quruq choyni nonsiz issiq-issiq ho‘plab o‘rnidan turdi.
S. Ahmad, Hukm
Usmonjon uni [pulni] yo‘lkira qilib, uyga quruq kirib keldi.
S. Zunnunova, Gulxan
9. 9. Faqat, birgina.
Maktabda shunaqa narsalarni o‘rgatmasa, nimani o‘rgatadi? Quruq ilm bilan bola bola bo‘lar ekanmi?
A. Qahhor, Ayb kimda?
10. ko‘chma chma Amalga oshmaydigan, behuda, puch.
Quruq xayol. Quruq va’da. Quruq gap qilmoq. Quruq gap quloqqa yoqmas.
Matal
O‘tgan yil ham xuddi shunday bo‘lgandi: Quruq so‘zga silosxona to‘lgandi.
A. Po‘lat
Olifta yigit, quruq qochirimga bu belbog‘lar yechilmaydi.
Hamza, Paranji sirlari
11. ko‘chma chma Tagi puch, asossiz, uydirma.
Quruq da’vo. Quruq raqamlar.
▬
Da’vongizga biror isbotingiz bormi yoki quruq bir gapmi, isbot qila olasizmi?
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Quruq ovoza — turarjoy emasligini o‘zing ham bilsang kerak, direktor [dedi Suvonqul].
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Yusufbek hoji yuqorida o‘tgan gaplarni quruq va asossiz aytmagan edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
12. 12. Astoydil yoki samimiy bo‘lmagan, shunchaki, yuzaki.
Quruq po‘pisa. Quruq mulozamat. Quruqqina ko‘rishmoq.
▬
Lekin quruq do‘q quruqligicha qolaveribdi
T. Obidov, Yusufjon qiziq
Gap quruq bo‘lmasin uchun, ikki ellik xat yozib ber, olib boray.
A. Qahhor, Sarob
13. ko‘chma salb. alb. Biror foydali ish-amali yo‘q, biror ma’no chiqmaydigan.
Quruq olim.
▬
Qurolov dangasa emas. Lekin o‘ta quruq odam, unda iroda degan gap yo‘q.
Gazetadan
Klubda bu kadar sovuq, quruq ko‘ringan bu odam shunday xushchaqchaq, shunday gapga usta ekanki, asti ko‘ying.
A. Qahhor, Quyushqon