Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {nam}
So‘z bo‘g‘inlari: nam
Izoh(lar)i:
nam sf

1. ot ot Biror narsa tarkibidagi yoki unga shimilgan, singigan suv. Nam yemoq,. Nam tortmoq. Yerning nami qochibdi. Tuproqdagi namni saqlash choralari.

2. 2. Suv; suyuqlik. Nam ko‘rmayin, qaqrab bu cho‘llar Asrlarni kutib olganlar. \. Olimjon
Bodring — issiqsevar, yorug‘sevar va namga talabchan o‘simlik. Fan va turmush

3. sft. ft. Suv shimgan; ho‘l. Nam ro‘mol. Oyoq ostidagi nam tuproqdan inson uchun juda yaqin, qon-qarindoshlik isi dimoqqa urilardi. S. Anorboyev, Oqsoy
Rahimberdi nam ko‘zlarini artib: — ilg‘aganim yo‘q, o‘g‘lim, — deb javob berdi. X. To‘xtaboyev, Shonli avlod

Antonim(lar)i: qoq , quruq
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ichi qaynamoq: diqqati oshmoq, asabi qo‘zg‘amoq.

2. non-namak bo‘lmoq: kim kim bilan suhbatda bo‘lmoq, birgalikda ovqatlanmoq; biror o‘tirishda, mehmonda birga bo‘lmoq.

3. ota go‘ri-qozixonami?: janjallashib, xafalashib o‘tirishga arzimaydi

4. sanamay «sakkkiz» dedi: aniq bilmay turib gapirdi

5. ta’bi namozshom: kayfiyati yomon, xafa

6. tuyog‘idan o‘t chaqnamoq: (ot, toyga nisbatan). Tez va yengil chopadigan; uchqur

7. tuz-namak bo‘lmoq: Ma’lum muddat ham-tovoq bo‘lmoq, topganini kimsa bilan o‘rtada baham ko‘rmoq

8. yuragi o‘ynamoq: 1)yurak urishi odatdagidan ko‘ra tezlashdi 2)qalbi hayajonga to‘ldi

9. yuragini tirnamoq: yashirin holda ruhan bezovta qildi

10. zardasi qaynamoq: juda jahllandi

1. Aljimoq – aljiramoq – valdiramoq – sannamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

2. Ilimoq – isimoq – qaynamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(o‘zgarish holatiga ko‘ra)

3. Nam – ho‘l – shilta – shalobbo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

4. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

5. Yiqilmoq – qulamoq – ag‘anamoq – ag‘darilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.