1. 1. Suvga ivigan, suvlangan. Ho‘l kiyim. Qo‘lim ho‘l. Yomg‘irda kostyumam ho‘l bo‘ldi. ▬ Ahmad brigadir qo‘llarini qoziqdagi ho‘l sochiqqa tortinmay artdi. S. Nurov, Narvon bir qancha gul yaproqlari Charosning ho‘l sochlariga, yuziga yopishib qoldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. O‘zida bo‘lgan suvi, nami, shirasi qochmagan. Ho‘l meva. Ho‘l novda. To‘qayga o‘t ketsa, ho‘l-u quruq baravar yonar. Maqol [Yo‘lchiI Yormat topib bergan bir eski ko‘rpachani quruq yerga yoyib, boshini bir bog‘ ho‘l bedaga qo‘yib, uyquga ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar U bolalari oldida aybdordek, ho‘l o‘tin vishillab sasiyotgan o‘choqqa qaradi. P. Tursun, O‘qituvchi
1. tomoqni ho‘llamoq: Ichimlikdan (asosan, spirtli ichimlikdan) bir oz olmoq, ichmoq
1. Chanqamoq – suvsamoq – cho‘llamoq – tashna bo‘lmoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)
2. Nam – ho‘l – shilta – shalobbo Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)