Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {quchoq}
So‘z bo‘g‘inlari: qu-choq
Izoh(lar)i:
quchoq ot

1. 1. Ikki qo‘lning old qismini birlashtirib, oralig‘iga biror shaxs yoki narsa olinadigan (olingan) holat. Shahzodaxon Olchinbekning quchog‘idan zo‘rg‘a sug‘urilib chiqib oldi. K. Yashin, Hamza
To‘lan siltanib, Yo‘ldoshning quchog‘idan chiqishga urindi. Yo‘ldosh To‘langa yopishib olib, hamon yalinyapti. S. Siyoyev, Avaz
Tizzasini quchog‘idan qo‘yib yuborib, unga intildi. S. Ahmad, Ufq

2. ko‘chma hma Poet. Og‘ush, bag‘ir. Tabiat quchog‘ida yayramoq. Bola uyqu quchog‘ida. U shirin xayollar quchog‘idan chiqolmas edi. — Koshkiydi qishlog‘imizga kelsang, — dedi Komil kulib. — Bizda xalq doktorni juda izzat qiladi. Agar Toshkent quchog‘idan ayrila bilsang. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Mana, siz, farzandlarim, Yoshligingiz zabardast. Maktab — ilm quchog‘ida O‘sasiz o‘qib, yayrab. Q. Muhammadiy
Suvonjon eshikni kuch bilan ochib, o‘zini bo‘ronning quchog‘iga otdi. S. Anorboyev, Oqsoy

3. 3. Quchoqqa sig‘adigan o‘lchov miqdorni bildiradi (odatda, son-miqdor bildiruvchi so‘zlar bilan, shuningdek, takror holda — quchoq-quchoq kabi qo‘llanadi). Ikki quchoq o‘tni oxurlarga tashladi. Quchoq-quchoq matolar. U bir quchoq o‘tin terib kelganida, Sultonov yuzlari oppoq oqarganicha, cho‘zilib yotar edi. M. Mansurov, Yombi
Bir ozdan keyin komissar uni chaqirib, bir quchoq xat topshirdi. I. Rahim, Chin muhabbat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Dasta – quchoq – bog‘
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.