Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qo‘yin}
So‘z bo‘g‘inlari: qo‘-yin
Izoh(lar)i:
qo‘yin ot

1. 1. (3-shaxs birlikda — qo‘yni)

2. 2. 1 Ko‘krak va uni yopib turgan kiyim orasidagi joy. Daftarlarini qo‘yniga soldi. Qo‘yniga tiqdi. Qo‘ynida noni borning qorni to‘q. Maqol
Bo‘taboy qo‘ynidagi gazetalarni olib, otboqarga berdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
[Usta Olim] Qo‘ynidan maktublarni chiqarib, bittasini qutidorga uzatdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. ko‘chma hma Quchoq, og‘ush. Tabiat qo‘ynida yayramoq. Ona qo‘yniga kirmoq. Anzirat xolaning qo‘ynida yotgan bola to‘satdan qichqirib yubordi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Botirali derazadan sakrab chiqib, bog‘ qo‘yniga otildi. H. G‘ulom, Mash’al
Normat blindaj tepasiga chiqib, zulmat qo‘yniga qaradi, diqqat bilan quloq soldi. I. Rahim, Chin muhabbat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: quchoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: quyun Qattiq uyurmali shamol, uyurma; to‘fon.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.