Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {og‘ush}
So‘z bo‘g‘inlari: o-g‘ush
Izoh(lar)i:
og‘ush [o-g‘ush ]

1. Quchoq; qo‘yin, bag‘ir. Sening og‘ushing oftobning yotog‘iga o‘xshaydi badaningdan behisht yalpizining bo‘yi keladi, ko‘kragingdan olma hidi anqib turadi. Yoshlik

2. Qa’r, bag‘ir. Ko‘p o‘tmasdan o‘lim o‘z og‘ushiga tortdi. Oybek, Navoiy. Saratonda muallaq qotgan havo g‘ubori shabnam bilan yana o‘z onasi — tuproq og‘ushiga ohista cho‘kdi. Saodat

3. Qurshov, qo‘yin. Murod qandaydir quvonch og‘ushida onasiga qaradi. T. Ashurov, Oq ot

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: quchoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: og‘ish Qiyshayish, qiya holatda bo‘lish.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ayor – mug‘ombir – hiylagar – quv – ustamon – makkor – dog‘ush – mo‘ltoni – hilviri
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.