Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qon} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qon-moq
Izoh(lar)i:
qon fl

1. Talab darajasida yeb, ichib to‘ymoq, nafsi orom olar darajada yemoq, ichmoq va shu kabilar Uyquga qonmoq. Choyga qonmoq. Salqin buloqlardan qonar yo‘lovchi. Mirtemir. ▬ Sevgan qizi bilan hech bo‘lmasa bir tomoshaga borib, bir qonib gaplashish istagi go‘yo uning qorong‘i ko‘ngliga yog‘du sochganday bo‘ldi. P. Tursun, O‘qituvchi
Ota-onasi, o‘rtoqlarini mehri qonib-qonib ko‘rsa, diydorlariga to‘ysa. G‘. Rasul, Adolat

2. Ko‘ngli to‘lmoq, mamnun, xursand bo‘lmoq, qanoat qilmoq. Ozga ham qonmoq. ▬ Yaxshi qoling, sevgan yurt-u diyorim! Xizmat qilib qonmay, qonga bo‘yaldim. Hamza

3. kam qo‘ll. ll. Qanoat, ishonch hosil qilmoq ishonmoq. [Sodiq:] Mutalboy sizni obdan yaxshi biladur, Homid aka! Sizning qanday xizmatingiz borligiga ham qongan Ammo uning sizdan bir iltimosi bor ekan. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: miriqmoq , qoniqmoq , to‘ymoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.