Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {miriq} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: mi-riq-moq
Izoh(lar)i:
miriq fl

1. Nihoyat darajada qonmoq, qoniqmoq, to‘ymoq. Choyga miriqmoq. Hikoyani miriqib eshitmoq. Miriqib uxlamoq. ▬ Parvarishi yetgan g‘o‘zalar ona sutiga miriqqan boladek gurkurab o‘sardi. Sh. G‘ulomov, Tashabbus
Toza havodan miriqib simirmoq bahonasida Rasuljon tezroq hovliga chiqa qoldi. J. Abdullaxonov, Xonadon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qonmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.