Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {qoniq} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: qo-niq-moq
Izoh(lar)i:
qoniq fl

1. ayn. yn. Qonmoq. Uyquga qoniqdingizmi, Jo‘ra aka? Oybek, Tanlangan asarlar
Fazliddin achchiq choyni bosib ichib qoniqqach, izvoshni qo‘shdi. Oybek, Tanlangan asarlar
U o‘zida yaqinlarini ko‘rmoqqa, so‘zlashmoqqa ehtiyoj sezar, so‘zlashib, negadir qoniqmaganini his etar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Qanoat hosil qilmoq, qanoatlanmoq. To‘la javob berdingiz, qoniqdik, uka. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Shinam kvartirasida o‘z ishlaridan qoniqqanday masrur yotgan Umid o‘qiyotgan kitobini yopdi-da, ko‘chaga chiqdi. Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: qonmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.